Kalit so‘zlar: Adenoid vegetatsiyasi, Adenoid kattalashishi, Burun orqali nafas olish qiyinlashishi, Og‘iz orqali nafas olish, Adenoidlarni olib tashlash, Adenoidektomiya, Adenotomiya, Bolalar burun kasalliklari, Uyqudagi apnoe, Xurrakl otish, Quloq infeksiyalari, LOR kasalliklari, Nafas olish muammolari, Adenoid belgilari, Adenoidlar sabablari, Adenoid davolash usullari, Kattalarda adenoidlar, Immun tizim kasalliklari, Adenoidlar profilaktikasi, Adenoid jarrohlik
#AdenoidVegetatsiyasi #Adenoidlar #BolalarSalomatligi #BurunKasalliklari #LOR #BurunBitishi #Adenotomiya #Adenoidektomiya #Xurrak #XurrakOtish #UyqudagiApnoe #Salomatlik #Tibbiyot #LORToshkent #lorVrach #LorShifokoriot
Adenoid vegetatsiyasi: Sabablari, Belgilari va Davolash Usullari
Adenoid vegetatsiyasi — burun ortidagi adenoid to'qimalarining kattalashishi natijasida nafas olish yo'llarining to'silishi bilan bog'liq kasallikdir. Bu kasallik asosan bolalarda uchraydi, lekin ba'zida kattalarda ham kuzatiladi. Ushbu maqolada adenoid vegetatsiyasi sabablarini, belgilari va davolash usullari haqida batafsil ma'lumot beramiz.
Adenoidlar immun tizimining bir qismi bo'lib, ular tanani infeksiyalardan himoya qilishda ishtirok etadi. Ammo ayrim holatlarda ular kattalashishi va turli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Asosiy sabablardan ba'zilari:
Surunkali infeksiyalar: Tez-tez uchraydigan virusli yoki bakterial infeksiyalar adenoidlarning kattalashishiga olib kelishi mumkin.
Allergiyalar: Allergik reaksiyalar ham adenoid to'qimalarining o'sishiga sabab bo'lishi mumkin.
Irsiy moyillik: Ba'zi oilalarda adenoid kattalashishi irsiy yo'l bilan o'tadi.
Adenoid vegetatsiyasi quyidagi belgilar bilan namoyon bo'lishi mumkin:
Burun orqali nafas olish qiyinlashishi: Kattalashgan adenoidlar burun yo'llarini to'sib qo'yishi mumkin.
Og'iz orqali nafas olish: Nafas olish qiyinlashgan bolalar va kattalar og'iz orqali nafas oladi.
Xurrak otish: Uyqu paytida havo yo'llarining torayishi natijasida xurrak paydo bo'ladi.
Uyqudagi apnoe: Tinch uyqu vaqtida qisqa muddatli nafas olish to'xtashi (apneya) yuz berishi mumkin.
Quloq infeksiyalari: Adenoidlar quloqning eshitish trubasini to'sib, quloq infeksiyalariga olib kelishi mumkin. Eng ko'p rivojlanadigan asorat o'rta quloqda yallig'lanish jaayonini keltirib chiqaradi va bolada eshitish bilan bog'liq muammolar yuzaga keladi.
Jismoniy va ruhiy rivojlanishda buzilishlar: Burundan nafas olishning buzilishi normal fiziologik nafas olish jarayonlarini izdan chiqaradi, bemor og'iz orqali nafas oladi, bu esa o'z navbatida nafas olishda ishtirok etadigan mushaklarning faoliyati buzilishiga sabab bo'ladi. Natijda organizmda kislorod va karbonat angidrid (O'pkada gazlar almashinuvi natijasida hosil bo'ladi) almashinuvi buziladi. Bosh miyaning normal kislorod bilan ta'minlanishi, organizmda modda almashinuviga salbiy ta`sir ko'rsatadi.
Adenoid vegetatsiyasi (adenoidlarning kattalashishi) uch xil darajaga bo‘linadi, bu darajalar adenoid to‘qimasining burun bo‘shlig‘ini va nafas yo‘llarini to‘sish darajasiga qarab belgilanadi:
Xususiyatlari: Adenoid to‘qimalari burun bo‘shlig‘ining 1/3 qismini to‘sadi.
Belgilari: Ushbu darajada bolalar yoki kattalar faqat tungi vaqtlarda nafas olishda biroz qiyinchilik sezishadi. Kun davomida esa burun orqali nafas olish odatiy holatga qaytadi.
Davolash: Ko‘pincha konservativ (dori vositalari bilan) davolash usullari samarali bo‘ladi.
Xususiyatlari: Adenoidlar burun bo‘shlig‘ining 1/2 qismini to‘sadi.
Belgilari: Nafas olish qiyinlashadi, bolalar yoki kattalar kun davomida og‘iz orqali nafas olishni boshlashadi. Kechasi xurraklash kuzatiladi va uxlash vaqtida qisqa muddatli nafas olish to‘xtashi (apneya) yuzaga kelishi mumkin.
Davolash: Bu bosqichda dori-darmon bilan davolash ba'zida samara bermasligi mumkin, shuning uchun jarrohlik amaliyoti ko‘rib chiqiladi.
Xususiyatlari: Adenoidlar burun bo‘shlig‘ining 2/3 yoki ko‘proq qismini to‘sib qo‘yadi.
Belgilari: Burun orqali nafas olish deyarli imkonsiz bo‘lib qoladi. Bemor doimiy ravishda og‘iz orqali nafas oladi, bu esa organizmga yetarlicha kislorod tushmasligiga olib keladi. Uzoq muddatda bu holat yuz va ko‘krak tuzilishida o‘zgarishlar keltirib chiqarishi, quloq infeksiyalari, eshitish qobiliyatining pasayishi va uyqudagi apnoe kabi asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Davolash: Jarrohlik (adenotomiya) zarur hisoblanadi.
Ayrim adabiyotlarda adenoidlar vegetatsiyasining 4-darajasi ham keltiriladi, Bunda adenoid bezi kattalashib xoanalar (burun yo'lining haqlumga ochilish joyi)ga o'sib kiradi. Lekin 3- va 4 darajalar bir xil klinik belgilar namoyon qilganligi sababli O'zbekiston va MDH davlatlarida 3 ta daraja tafovut etiladi.
Adenoid vegetatsiyasi darajasini shifokor tomonidan tekshiruv (endoskopiya yoki rentgen) yordamida aniq belgilash mumkin. Erta tashxis qo‘yilib, davolash o‘z vaqtida amalga oshirilsa, asoratlarning oldini olish imkoniyati ortadi.
Adenoid vegetatsiyasini davolash kasallik darajasi va belgilariga qarab farq qiladi:
Dori-darmonlar: Yengil holatlarda shifokor dori-darmonlar (antibiotiklar yoki antigistaminlar) tavsiya qilishi mumkin. Ayrim hollarda virusga qarshi preparatlar va tubus qo'llash samara beradi
Adenoidlarni olib tashlash (adenotomiya): Agar dori-darmonlar samarasiz bo'lsa va kasallikning og'ir shakllari kuzatilsa, jarrohlik amaliyoti zarur bo'lishi mumkin. Bu amaliyot adenoid to'qimalarini olib tashlash orqali nafas olishni tiklaydi.
Adenoid vegetatsiyasidan saqlanish uchun quyidagi choralarni ko'rish tavsiya etiladi:
Sog'lom turmush tarzini yuritish: Infeksiyalardan saqlanish uchun to'g'ri ovqatlanish va gigiyena qoidalariga rioya qilish muhim.
Allergiyalarni nazorat qilish: Allergiya sababli adenoid kattalashishi xavfini kamaytirish uchun shifokor maslahatini olish kerak.
Adenoid vegetatsiyasi bolalar va kattalarda keng tarqalgan muammo bo'lib, o'z vaqtida aniqlansa, davolash oson bo'ladi. Agar siz yoki farzandingizda adenoid belgilarini sezsangiz, LOR shifokoriga murojaat qilishingiz kerak.
Adenoidlar kattalashishini, uning darajalarini va adenoidlar vegetatsiyasi jarrohlik amaliyotini talab qilishini aniqlashning ota - onalar uchun testi mavjud bo'lib uni quyidagi havola orqali ko'rishingiz mumkin.