Adenotomiya, Adenoidlarni olib tashlash operatsiyasi, Bolalarda adenoidlar, Nafas olishni yaxshilash, Adenoidlar va quloq yallig‘lanishi, Adenotomiyadan keyingi tiklanish, Adenotomiya usullari, Bekman adenotomi, Sheyver yordamida adenotomiya, Lazer adenotomiya, Plazma adenotomiya, Radioto‘lqin adenotomiya, Zamonaviy adenotomiya usullari
#Adenotomiya #Adenoidlar #Jarrohlik #NafasOlish #BolalarSalomatligi #ENT #LOR #QuLoqYalliglanishi #UyquApnoesi #BekmanAdenotomi #SheyverAdenotomiya #LazerAdenotomiya #Koblyator #PlazmaAdenotomiya
Adenotomiya — bu burun-halqumda joylashgan adenoidlarni jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash operatsiyasidir. Adenoidlar — organizmni infektsiyalardan himoya qiladigan limfoid to‘qima, ammo bolalarda ularning kattalashishi turli sog‘liq muammolariga olib kelishi mumkin. Shu sababli, bu operatsiya keng tarqalgan tibbiy amaliyotlardan biri hisoblanadi.
Adenotomiya quyidagi holatlarda zarur bo‘lishi mumkin:
Doimiy burun bitishi va nafas olishda qiyinchilik.
O‘rta quloq yallig‘lanishi (otit) yoki quloq og‘rig‘i.
Uyquda apnoe (nafas olishning qisqa muddatli to‘xtashi).
Bolaning doimiy holda og‘iz orqali nafas olishi.
Bosh og‘rig‘i va charchoq bilan bog‘liq shikoyatlar.
Bu alomatlar bolalarda ko‘proq uchraydi, ammo kattalarda ham kuzatilishi mumkin.
Adenotomiya odatda umumiy narkoz ostida o‘tkaziladi. Jarrohlik jarayonida shifokor burun-halqumdagi kattalashgan adenoid to‘qimalarni olib tashlaydi. Amaliyot odatda qisqa davom etadi va bemor bir necha soat ichida uyiga qaytishi mumkin. Ayrim hollarda shifokor tavsiyasiga binoan bir kun statsionarda qolishi mumkin.
Bugungi kunda bu amaliyotning bir nechta usullari mavjud bo‘lib, ularning har biri bemorning ahvoliga, shifokorning tajribasiga va jarrohlik vositalariga qarab tanlanadi. Eng keng tarqalgan adenotomiya usullari quyidagilar:
Bekman adenotomi — bu maxsus jarrohlik asbobidir. Bu usul adenotomiya jarayonida ko‘p yillardan beri qo‘llanilib kelinadi va klassik adenotomiya usuli hisoblanadi. Ushbu operatsiya quyidagicha amalga oshiriladi:
Shifokor bemorni umumiy yoki mahalliy narkoz ostida ushlab turadi.
Adenoidlar og‘iz orqali kirilib, maxsus pichoq — Bekman adenotomi yordamida olib tashlanadi.
Bekman adenotomiya usuli oddiy va tez bajariladigan operatsiya bo‘lib, operatsiyadan keyingi qon ketish xavfi past.
Ushbu usulning asosiy afzalligi — bu oddiy va an’anaviy usul bo‘lib, bemorlar tezda tiklanadi. Ammo, ba’zi hollarda bu usulda adenoidlar to‘liq olib tashlanmasligi mumkin.
Yangi texnologiyalardan biri bo‘lgan Sheyver usuli mikrodebrider (sheyver) yordamida amalga oshiriladi. Bu usul an’anaviy Bekman adenotomiga qaraganda ancha samarali hisoblanadi. Sheyver — bu yuqori tezlikda ishlaydigan maxsus jarrohlik vositasi bo‘lib, u yumshoq to‘qimalarni aniq va ehtiyotkorlik bilan olib tashlaydi.
Afzalliklari:
Adenoidlarni to‘liq olib tashlash imkoniyati yuqori.
Kamera nazorati ostida amalga oshirilgani sababli jarrohlik jarayoni aniqroq bo‘ladi. Endoskopik adenatomiya deyilganda ko'proq, Sheyver yordamida anediodlarni olib tashlash jarrohlik amaliyoti tushuniladi
Operatsiyadan keyingi qon ketish xavfi minimal.
Sheyver yordamida amalga oshiriladigan adenotomiya odatda uzoq muddatli natijalarga olib keladi va bu usul keyingi yillarda keng qo‘llanila boshladi. Shuning bilan aytish joizki, Sheyver bilan ishlay olish jarrohdan yuqori malaka va tajribani talab etadi.
Yana bir zamonaviy usul — lazer yordamida adenoidlarni olib tashlashdir. Bu usul kam invaziv bo‘lib, lazer nuridan foydalangan holda adenoid to‘qimalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘q qilinadi.
Afzalliklari:
Kichik qon ketish xavfi.
Tiklanish davri qisqaroq.
Kam og‘riq va noqulaylik.
Jarohatlar kichik bo‘lgani sababli asoratlar xavfi past.
Lazer adenotomiyasi asosan kichik adenoidlar uchun tavsiya etiladi va katta adenoidlarni lazer bilan olib tashlash ba’zi hollarda to‘liq natija bermasligi mumkin.
Kamchiligi: katta adenoidlar olinganda tuzalish davri uzoq davom etadi.
Plazma adenotomiyasi ham zamonaviy usullardan biri hisoblanib, koblyator vositasi yordamida o‘tkaziladi. Bu texnologiya plazma energiyasidan foydalanib, adenoidlarni minimal issiqlik bilan yo‘q qiladi.
Afzalliklari:
Kam qon ketish.
Tez tiklanish.
Og‘riq sezilarli darajada kamroq bo‘ladi.
Juda aniq va ehtiyotkorlik bilan olib tashlash imkonini beradi.
Bu usul adenoidlarni ko‘p travma yetkazmasdan olib tashlashga imkon beradi va og‘riqni kamaytiradi.
Kamchiligi: oblyator apparatining servis ximati qimmat ekanligi sababli, narx jihatdan boshqa adenotomiya usullariga qaraganda bir necha barobar qimmatga aylanadi.
Radioto‘lqinli adenotomiya ham bugungi kunda keng qo‘llanila boshlagan yangi usullardan biridir. Bu usul radioto‘lqinlar yordamida adenoidlarni olib tashlashni o‘z ichiga oladi. U minimallashtirilgan jarrohlik aralashuvini ta'minlaydi.
Afzalliklari:
Minimal travma.
Qon ketish xavfi juda kam.
Tiklanish davri juda qisqa.
Bu usul adenoidlarni juda nozik va aniq olib tashlashni ta’minlaydi, shuning uchun bemorlarning amaliyotdan keyingi holati odatda juda yaxshi bo‘ladi.
P.S. O'zbekistonda qo'llanilishi tog'risida muallifda ma`lumot yetarli emas.
Bugungi kunda adenotomiyaning bir nechta usullari mavjud. Bekman adenotomi — klassik usul bo‘lsa, Sheyver usuli, lazer, plazma va radioto‘lqin yordamida o‘tkaziladigan operatsiyalar zamonaviy usullar hisoblanadi. Har bir usulning o‘z afzalliklari bor va qaysi usulni tanlash bemorning holatiga va shifokorning tavsiyalariga bog‘liq.
Nafas olishning yaxshilanishi: Adenoidlarning kattalashishi nafas olishni qiyinlashtiradi. Operatsiyadan so‘ng nafas olish osonlashadi.
Quloq yallig‘lanishining kamayishi: Bu amaliyot quloq infektsiyalari va og‘rig‘ini kamaytiradi.
Uyqu sifatining yaxshilanishi: Adenoidlar uyquda nafas olishning qisqa muddatli to‘xtashiga olib kelishi mumkin, bu esa uyqu sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Doimiy burun bitishining kamayishi: Burun orqali erkin nafas olish tiklanadi.
Operatsiyadan keyin bemorlar qisqa vaqt ichida o‘zlarini yaxshi his qila boshlashadi. Ammo, quyidagilarga e'tibor qaratish kerak:
Jarrohlikdan keyingi birinchi kunlarda yumshoq ovqatlar iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Bemor bir necha kun ichida normal faoliyatiga qaytishi mumkin, ammo jismoniy yuklamalarni vaqtincha cheklash kerak.
Shifokorning tavsiyalari asosida antibiotiklar va og‘riq qoldiruvchi vositalar qabul qilinishi mumkin.
Shu o'rinda savol tug'iladi. Adenoidlar jarrohlik yo'li bilan olib tashlangandan keyin ham o'sishi (qaytalanishi) mumkinmi?
Javob:
Ha qaytalanishi mumkin, sababi adenoidlar immun tizimining bir qismi hisoblanadi. Agar bola tez tez shamollaydgan bo'lsa, ota-onalarda tibbiy bilim darajasi past bo'lishi, buning oqibatida bola sog'ig'iga bee'tibor bo'lish, adenoidlarning ma`lum bir muddatdan so'ng qaytalanishiga sabab bo'lishi mumkin.
Adenoidlarning qaytlamasligi, bir tomondan shifokor malakasiga taalluqli bo'lsa, ikkinchi tomondan bemorning individual xususiyatlariga ham bog'liq.